BANKLARNING RAQAMLI XIZMATLARI TURLARI VA ULARNING OMMABOPLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 43(219)
Рубрика журнала: 22. Экономика
DOI статьи: 10.32743/26870142.2021.43.219.313773
Библиографическое описание
Karimova G.A., Qobulov X.A. BANKLARNING RAQAMLI XIZMATLARI TURLARI VA ULARNING OMMABOPLIGINI OSHIRISH MASALALARI // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 43(219). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/219 (дата обращения: 25.04.2024). DOI:10.32743/26870142.2021.43.219.313773

BANKLARNING RAQAMLI XIZMATLARI TURLARI VA ULARNING OMMABOPLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Karimova Guli Alisher qizi

Toshkent moliya instituti Magistratura boʻlimi BIA-3 guruhi magistranti

Oʻzbekiston, Toshkent

Qobulov Xotamjon Abdukarimovich

Toshkent moliya instituti “Moliya kafedrasi mudiri i.f.n, dots.,

Oʻzbekiston, Toshkent

 

TYPES OF DIGITAL SERVICES OF BANKS AND ISSUES TO INCREASE THEIR ACCESSIBILITY

Guli Karimova

Master’s department, student of BIA-3 group, Tashkent institute of Finance,

Uzbekistan, Tashkent

Khotamjon Kobulov

Head of the Department of Finance, Tashkent institute of Finance candidate of economical sciences, associate Professor,

Uzbekistan, Tashkent

 

ANNOTATSIYA

Mazkur tezisda raqamli bank xizmatlari va ularning iqtisodiyotdagi oʻrni, tasnifi, bank sektorining raqamli transformatsiyasi, masofaviy raqamli bank xizmatlarini aholi e’tiboriga taqdim etish va bu boradagi muammolar tadqiq etilgan.

ABSTRACT

This article examines digital banking services and their role in the economy, classification, digital transformation of the banking sector, the provision of remote digital banking services to the public and the problems in this area.

 

Kalit soʻzlar: raqamli banking, raqamli transformatsiya, masofaviy xizmatlar.

Keywords: digital banking, digital transformation, remote services.

 

Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va toʻlov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz toʻlov shakllari, banklarning raqamli xizmatlari turlarini rivojlantirish yoʻnalishi kuzatilmoqda. Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa bu yoʻnalishdagi serxarajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi.

Raqamli banking - banklarni va ularning barcha faoliyatlarini, dasturlarini va funktsiyalarini toʻliq raqamlashtirishni anglatadi. Bu nafaqat bank xizmatlari va mahsulotlarini raqamlashtirishga, balki mijozlar koʻrgan interfeysga, shuningdek, ichki jarayonlarni avtomatlashtirishga ham tegishli. Raqamli bank on-line, off-line, mobil va Internet-bank platformasida amalga oshiriladigan bank munosabatlarining har bir qadamini avtomatlashtirishdir.

Raqamli xizmatlar koʻrsatish xarajatlarni ma’lum darajada kamaytirishga yordam beradi va oʻz navbatida raqamli xizmatlarni taqdim qilgan bank daromadga ham erishadi. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar orqali mijozlarning afzalliklarini oʻrganish mijozlarning manfaatlariga muvofiq raqamli bank mahsulotini yaratish bankning raqobatbardoshligini oshiradi. Zero, bozorda bankning ulushi qanchalik katta boʻlsa, uning foydasini oshirish ehtimoli ham shunchalik yuqoridir.

Bizning banklarimiz naqd pul muomalasi boʻyicha ishlagan va ishlamoqda, ammo hozir bu model elektron pul bilan ishlashga moslashtirilmoqda. Zamonaviy jamiyat raqamli makonda koʻproq vaqt sarflaydi va bu banklarning mijozlar bilan munosabatlarini va ularga xizmat koʻrsatish usullarini butunlay qayta koʻrib chiqish zarurligini koʻrsatadi. Aynan hozir Oʻzbekiston banklarida mijozlarga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarining bir necha turlari mavjud. Ular “Bank-Mijoz”, “Internet-banking”, “SMS-banking” va “WAP-banking” dir. Mijozlarga raqamli bank xizmatlarini koʻrsatish bank va uning mijozi oʻrtasidagi munosabatlarni avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib, pul mablagʻlarini boshqarishning tezkorligini hamda bank operatsiyalarining sifatli qayd qilinishini ta’minlaydi.

Raqamli bank xizmatlari asosan bankda ochilgan plastik kartalari bilan bogʻlangan. Koʻpchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda plastik karta savdo va xizmat koʻrsatishning ajralmas qismi hisoblanadi. Toʻlovlarni esa mobil ilovalar orqali masofadan turib toʻlash bugungi kunda aktual boʻlib bormoqda, shuningdek, daromadlar va xarajatlar monitoringini olib borish imkoniyati mavjud. Hozirgi kunda bank kartalari elektron bank tizimlarining asosiy elementi boʻlib, tobora odatdagi chek va pul mablagʻlarini oʻrnini egallab ulgirgan. Sanoat rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz toʻlov barcha pul operatsiyalari tarkibida 90% ga yetishini aytish kifoya.

Xususan, Oʻzbekiston bozorida ham raqamli xizmatlardan foydalanish amaliyoti bir necha yillardan beri mavjud va uning afzalliklari aniq koʻrsatilgan. Raqamli banking - xavfsizligi yuqori ta’minlangan xizmat turi hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, pul yoʻqotish xavfini kamaytirish, oʻgʻirlikning an’anaviy shakllari xavfini bartaraf etish, savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida xizmatlar olishda imtiyozlar, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda oʻz ifodasini topgan.

Bank sektorining raqamli transformatsiyasi, birinchi navbatda, mijozlar ehtiyojlarini qondirish va ularning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga qaratilgan. Taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlarni raqamlashtirish raqamli bankingni shakllantirishga olib keladi - bu hisob va kartalarni masofadan boshqarish imkonini beruvchi veb-resurslar orqali mijozlar bilan axborot va operativ hamkorlik qilish usuli hisoblanadi. Raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bir qatorda boshqaruv, yetakchilik va nazoratga yondashuvlarni takomillashtirish zarur. Raqamli transformatsiya yoʻlidagi toʻsiqlar qatorida bank sektori vakillari tashkilot ichidagi IT kompetensiyalarining past darajasini, axborot texnologiyalari infratuzilmasining eskirgan server tizimlarini va mehnat talab qiladigan jarayonlarni optimallashtirish vositalarining yoʻqligini ta’kidlamoqda.

Bank xizmatlarini raqamlashtirish katta miqdordagi investitsiyalarni talab qiladi. Yirik banklar eng yaxshi IT-mutaxassislarni jalb qilish, ilgʻor texnologiyalarni sotib olish va amaliyotga qoʻllash imkoniyatiga ega, ammo, bu har doim kichik mintaqaviy bank tashkilotlariga mos kelmaydi. Bundan tashqari bankdagi raqamli biznes jarayonlariga oʻtish zamonaviy qurilmalardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan mijozlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Masalan, dunyodagi birinchi naqd pul yechish bankomatlari 1967 yilda tashkil etilgan, lekin bu qurilmalardan toʻliq foydalanish faqat 80-yillarda boshlangan. Xuddi shunday vaziyat AQSh da ham 1981-yilda onlayn banking amaliyotga joriy qilinganda roʻy bergan va bu onlayn xizmatlar faqatgina 20 yil keyin mashhur boʻlgan.

Bugungi kunda moliaviy masalalar boʻyicha koʻpgina texnologiyalar naqd pul olish bankomatlari dasturidan ancha murakkabdir, shuning uchun banklar oddiy interfeyslarni va tushunarli koʻrsatmalarni yaratish haqida oʻylashlari kerak va mijozlarning yangi raqamli bank xizmatlariga koʻnikma hosil qilishlari uchun turli xildagi qoʻllanmalarni ishlab chiqish bank uchun maqsadga muvofiq boʻladi.

 

Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5992-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son
  2. Аббасов А.М., Мамедов З.Ф., Алиев С.А. Цифровизация банковского сектора: новые вызовы и перспективы. Экономика и управление. 2019;(6):81-89. https://doi.org/10.35854/1998-1627-2019-6-81-89
  3. Багаутдинова, Н. Г. Новые конкурентные преимущества в условиях цифровизации [Текст] / Н. Г. Багаутдинова, Р. А. Никулин // Инновации. - 2018. - № 8. -  С. 80-83.
  4. Борисенко, В. С. Специфика взаимодействия банков и предприятий в условиях цифровой экономики / В. С. Борисенко // Инновационные технологии в машиностроении, образовании и экономике. – 2018. - № 1-2 (7) . – С. 420-424
  5. Гобарева, Я. Л. Современные инновационные технологии в банковской сфере / Я. Л. Гобарева, О. Ю. Городецкая, И. А. Еременко // Банковские услуги. – 2018. - № 6. – С. 24-32
  6. Dr.Deniza Aliyeva, Dr.Sherzod Aktamov. “The integration of innovative technologies and digital services into the banking sector of the Republic of Uzbekistan”. Management Development Institute of Singapore in Tashkent, 2019. 81 pages.