BO’LAJAK O’QITUVCHILARINING AKT BO’YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 38(214)
Рубрика журнала: 11. Педагогика
DOI статьи: 10.32743/26870142.2021.38.214.304605
Библиографическое описание
Abdumannopov M.I., Mirzaaxmedov M.K. BO’LAJAK O’QITUVCHILARINING AKT BO’YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 38(214). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/214 (дата обращения: 26.04.2024). DOI:10.32743/26870142.2021.38.214.304605

BO’LAJAK O’QITUVCHILARINING AKT BO’YICHA KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR

Abdumannopov Murodjon Ilxomjon o’g’li

o’qituvchi, Andijon davlat universiteti,

O’zbekiston, Andijon

Mirzaaxmedov Muhammadbobur Karimberdiyevich

o’qituvchi, Andijon davlat universiteti,

O’zbekiston, Andijon

 

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy mutaxassislarga qo’yiladigan AKT bo’yicha malaka talablari, o’qituvchilar tayyorlash jarayonida ularning AKT bo’yicha kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan metodlar va vositalardan samarali foydalanish jarayoni tahlil qilingan.

 

Kalit so’zlar: kompetenlik, kasbiy kompetentlik, Insert metodi, an’anaviy dars, professional tayyorgarlik, professional faoliyat.

 

KIRISH

Mamlakatimizning ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohatlar ilg’or xorijiy ta’lim tajribasini o’rganish, tahlil etish hamda ta’lim muassasalari sharoitlariga moslashtirishning ijtimoiy-pedagogik va didaktik xususiyatlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Hozirgi jamiyatni taraqqiy ettirish bosqichida «bilimli» ta’lim yondoshuvidan kompetentlikka yo’naltirilgan ta’lim tizimiga o’tish hamda bitiruvchilarda egallanishi ko’zda tutilayotgan kasbga doir shaxsiy xususiyatlarni shakllantirish dolzarb pedagogik muammolardan biri sifatida qaralmoqda.

«Kompetentli» yondoshuvga asoslangan ta’lim tizimida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining roli ham o’zgaradi. Chunki, «bilimli» yondoshuvda ta’lim beruvchi faol va asosiy ishtirokchi bo’lsa, ta’lim oluvchi esa, sust qabul qiluvchi sifatida ishtirok etadi. «Kompetentli» yondoshuvda ta’lim oluvchi faol ishtirokchiga aylanadi, chunki uning ta’lim olish faoliyati ko’proq mustaqilindividual topshiriqlarni bajarish va uning natijasini himoya qilishga, kreativ amaliy mashg’ulotlarda doimiy ravishda savollarga javob berish va individual tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan bo’ladi.

Ta’limda yangi tadqiqot yo’nalishi bo’lgan kompetentli yondoshuvning paydo bo’lishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» toyifalarining paydo bo’lishi natijasida ular 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshlaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.

Bo’lajak o’qituvchining AKT bo’yicha kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o’ziga xos o’rin tutadi. Ayniqsa, ta’limni modernizatsiyalash bilan bog’lik islohotlarning joriy boskichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yakkol namoyon bulmokda. Bo’lajak o’qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchidik turlari bilan bir qatorda o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda[1].

Kasbiy kompetentlik tashxisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proyektiv o’quvlar guruhlarini kiritish lozim.

 

1-rasm. AKT Klassifikatsiyasi

 

Pedagogning bilish faoliyati kup jihatdan o’rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o’z-o’zini tartibga solish xususiyatlari o’z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o’z xatti-harakatini qat’iy muvofiqlashtirish o’quvi bilan tavsiflanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oliy ta’lim muassasalarida pedagog va mutaxassislarni tayyorlash muammolari mamlakatimiz va xorijlik mutaxassislar tomonidan bir qancha adabiyotlarda yoritib o’tilgan. Oliy ta’lim jarayonida bo’lajak o’qituvchi va mutaxassis shaxsini shakllantirish masalalari X.A.Abduraxmanova, M.A.Abdullajonova, S.V.Safonova, O.A.Abdulina, N.A.Muslimov, A.A.Akbarovlarning tadqiqotlarida o’rganilgan. O’qituvchining kasbiy mahorati pedagog olimlar A.Aliev, H.Abdukarimov, Yu.A.Axrorov, A.A.Verbitskiy, N.Azizxo’jaeva, R.H.Jo’raev, B.R.Jo’raeva, S.M.Markova, G.M.Maxmutova, A.A.Hamidov, F.R.Yuzlikaev, J.G’.Yo’ldoshevlarning ishlarida tadqiq etilgan.

Kompetentlik – bu biror bir ishni samarali qila olish va ma'lum bir kasbda qo'llaniladigan standartlar bo'yicha bajara olish qobilyati.

Kompetentlikning bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

  1. O’zini tutish (povedencheskaya) kompetentligi – o’zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi.
  2. Texnik (professional) kompetentlik – bu mehnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan kompetentlik tushuniladi.
  3. Umumiy kompetentlik – ma’lum bir kasb bilan shug’ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik hisoblanadi.
  4. Maxsus kompetentlik – aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo’lgan kompetentlik tushuniladi.
  5. Boshlang’ich kompetentlik – topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo’lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi.
  6. Ijrochilik kompetentligi – erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir.
  7. Differensial kompetentlik – u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi.

Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag’ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:

  • maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligikasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori darajada egallaganlik, o’zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
  • ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligibirgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqot uslublarini egallaganlik, o’z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.

Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:

  • pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv.
  • pedagogning faoliyat turlari: o’quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
  • pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o’rta ta’lim; o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.

Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi[2].

NATIJALAR

Bo’lajak o’qituvchini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

  • zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o’quv-metodik hujjatlar (davlat ta’lim standarti, namunaviy o’quv rejalari, ishchi o’quv rejalari, namunaviy o’quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, metodik tavsiyanomalar, qo’shimcha maxsus adabiyotlar, ko’rsatmali vositalar, dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi;
  • ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o’qituvchi, malakali o’quv ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, kunikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy kompetentlik darajasining yetarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega bo’lishi;
  • o’quv jarayonining moddiy-texnik (o’quv binolari, o’quv auditoriyalari, o’quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, televideniye, kompyuter, nusxa ko’chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-uskunalari, audio, video, multimediya, trenajyorlar, kinoproyektorlar, diaproyektorlar, videoproyektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va xokazolar) jihatdan yetarlicha ta’minlanganligi;
  • ijtimoiy va o’quv-texnologik jixatdan qulay muhit (o’qituvchilar, talabalar, raxbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o’zaro munosabatlari mazmuni, yo’nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi;
  • tashkiliy hamda o’quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo’lga qo’yilganligi.

 

2-rasm. Kompetentlikni shakllantiruvchi o’qitish kategoriyalari

 

Berilayotgan axborotlar mashg’ulot mavzusining mazmuniga mos bo’lishi bilan birga talabalarda zarur ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, talabalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma’lum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning talabalar tayyorgarlik darajasiga mos bo’lishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalariga: kompyuter, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, skaner, faks modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, internet tarmog’i, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.

O’qitish metodlari ko’p qirrali bo’lib, ularning ko’plab tasniflari mavjud. Ushbu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo’yicha jamlanadi.

  1. An’anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.
  • Amaliy: Tajriba, Mashqlar qilish, Mustaqil ish, Laboratoriya ishi.
  • Ko’rgazmali: Illyustratsiya, Kuzatish.
  • Og’zaki: Tushuntirish, Hikoya qilish, Suhbat, Ma’ruza.
  • Kitob bilan ishlash: O’qish, Tez ko’rib chiqish, Sitata olish, Bayon etish, qayta so’zlab berish, Konspekt.
  • Video metod: Ko’rib chiqish, Mashq ishlash.
  1. Hozirgi kunda o’qitish metodlarining uchta katta guruhi alohida ajratilgandir:
  • o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;
  • o’quv-bilish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari;
  • o’quv-bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari;

 

3-rasm. Kompetentlikni rivojlantiruvchi AKTning texnik vositalari

 

Ma’lumki, “Axborot texnologiyalari” o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, axborot texnologiyalarining amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ro’lini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llashi lozim.

Bugungi kunda talabalarni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi asosiy maqsadlardan biri qilib qo’yilgan. Ushbu masalani hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga ham bog’liq. Avvalo “interfaol (interaktiv)” tushunchani aniqlashtirib olaylik. “Interaktiv” degan so’z inglizcha “interact” so’zidan kelib chiqqan. “Inter” - o’zaro, “act” - ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Bunday metodlar hamkorlikda ishlashni talab etib auditoriyadagi barchani qamrab olishga qaratilagn. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar[3].

MUHOKAMALAR

Ta’lim jarayonining mohiyatini o’zaro bog’langan uchta-o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi omillar tashkil etadi. Mavzu bo’yicha ko’plab adabiyotlar tahlil qilindi. Olimlarning qarashlari va tadqiqotlari o’rganildi. Ular tavsiya qilgan metod va vositalar tahlil qilindi. Shu asosida mashg’ulot mavzusi va maqsadidan kelib chiqqan holda mashg’ulotni tashkil qilgan samarali va tinglovchi o’zlashtirishi uchun maqbul bo’lishi asoslandi.

XULOSA

Xulosa o’rnida har bir fan va mavzu yoritilish jarayoni avvalo talaba yuqori darajali bilim olishi va yuqori kasbiy kompitentligini shakillantirishga qaratish ularning kelgusida yuqori salohiyatli va raqobat bardosh kadrlar bo’lib yetishishlariga yordam beradi. Bu avvalo, jamiyatni rivojlantirishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Zero, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash avvalo kelgusida ham ta’lim va tarbiya beradigan dargohidan salohiyatli yoshlar yetishib chiqishini ta’minlaydi.

«O’qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta’rif va tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O’qituvchining kasbiy kompetentligi - pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan biri bo’lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’lik barcha ehtiyoj, kobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi.

Buning uchun u:

  • ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo’lishi;
  • ijodiy izlanishlarning samaradorligi o’qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog’lik bo’lishini esda tutishi lozim.

 

Adabiyotlar ro’yxati:

  1. О. И. Абдунабиевич, “СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ УСЛОВИЙ РАЗВИТИЯ ОТВЕТСТВЕННОГО ОТНОШЕНИЯ К ВИРТУАЛЬНОЙ РЕАЛЬНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ,” Вестник науки и образования, no. 21–1 (99), 2020, Accessed: Oct. 11, 2021. [Online]. Available: https://cyberleninka.ru/article/n/sovershenstvovanie-pedagogicheskih-usloviy-razvitiya-otvetstvennogo-otnosheniya-k-virtualnoy-realnosti-u-buduschih-uchiteley
  2. Абдуманнопов М.И., Шамситдинов С.К., Жонибеков Р.О. ZAMONAVIY O’QITUVCHINING KOMPETENTLIK MODELI VA UNI RIVOJLANTIRISH ALGORITMI // Студенческий вестник: электрон. научн. журн. 2020. № 20(118
  3. O. I. A. et al., “IMPROVING PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR DEVELOPING A RESPONSIBLE ATTITUDE TO VIRTUAL LEARNING IN FUTURE TEACHERS,” Psychology and Education Journal, vol. 58, no. 1, pp. 4035–4041, Jan. 2021, doi: 10.17762/PAE.V58I1.1445.