MILLIY SHARQONA TARBIYA MEZONLARI

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 22(198)
Рубрика журнала: 6. Культурология
DOI статьи: 10.32743/26870142.2021.22.198.288672
Библиографическое описание
Qurbonova G.A., Tolipova G.K. MILLIY SHARQONA TARBIYA MEZONLARI // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 22(198). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/198 (дата обращения: 20.04.2024). DOI:10.32743/26870142.2021.22.198.288672

MILLIY SHARQONA TARBIYA MEZONLARI

Qurbonova Gulasal Abdurasulovna

ADU ijtimoiy gumanitarfanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) mutahassisligi 2-bosqich magistranti, O'zbekiston

Tolipova Gulbahor Komiljonovna

ADU ijtimoiy gumanitarfanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) mutahassisligi 2-bosqich magistranti,

2nd year master’s degree at ASU specializing in teaching methods of Social and humanitarian sciences (legal education), O'zbekiston

 

NATIONAL ORIENTAL UPBRINGING CRITERIA

Gulasal Qurbonova

Tolipova Gulbahor

 

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o’zbek oilalarida milliyligimizga hos sharqona tarbiya mezonlari hamda yoshlar tarbiyasida ota-onalarning o’rni haqida  so’z boradi.

ABSTRAСT

This article discusses the criteria of oriental upbringing in Uzbek families and the role of parentsin the upbringing of children.

 

Kalit so’zlar: Oila, nikoh muqaddasligi, farzand tarbiyasi, sharqona odob, axloqiy fazilatlar,milliy tarbiya.

Keywords: Family, the sanctity of marriage, the upbringing of children, oriental manners, moral qualities, national upbringing.

 

Оrzuimizdagi jamiyat mustahkam, mоddiy va ma‘naviy jiхatdan but, tinch-tоtuv, fayzli оilalardan tashkil tоpadi. Zеrо halqimizda qadim-qadimdan оilaga muqaddas qo`rg`оn sifatida qaralgan. Bu bоrada O`zbеkistоn Rеspublikasining Prеzidеnti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini kеltirib o`tish jоiz: «Оila mеn uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambоr qaеrda ishlashidan qat‘i nazar, kim bo`lishidan qat‘i nazar agar оilada tarbiya, оilada muhit, оilada halоllik, munоsabat, tarbiyaga alоhida e‘tibоr bеrmasa, hеch qachоn natija bo`lmaydi. Shuning uchun mеn farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e‘tibоr bеraman. Har bir farzandimga ham, nеvaramga ham alоhida o`zimning munоsabatim bоr. Har bir nеvaramning alоhida хaraktеrini bilaman, оrzusini, istagini bilaman», — dеydi u. Darhaqiqat, oila – jamiyatning boshlang’ich tayanchi. Oila obod va farovon ekan, jamiyat yuksaladi, farovon jamiyatda yashagan oqil kishilar oxirat dunyosini ham obod qilish harakatida bo’ladilar. Natijada inson ikki dunyoda saodatga erishadi.

Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutishiga, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo’rslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo’ya ishlariga zinhor-bazinhor yo’l qo’ymaganlar.

O`tgan asrning atоqli o`zbеk pеdagоglaridan biri Abdurauf Fitrat ham o`zining “Оila yoki оilani bоshqarish tartiblari” asarida shunday dеb yozadi: ―Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan оilaning hоlatiga bоg`liqdir... Qaеrda оila munоsabati kuchli intizоmga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo`ladi” . Shu bоis mamlakatimizda amalga оshirilayotgan barcha islоhоtlar zamirida оilaviy qadriyatlarning e‘tirоf etilishi yuqоridagi fikrlarni isbоtlaydi.

Sharqona odob ming yillar maboynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma‘lum.Jumladan, Qur‘oni karim oyatlari mazmuni, Payg’ambar alayhissalom hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining hikmatomuz kitoblari tarbiyamizning manbai bo’lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. U go’daklarni emizishdan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko’cha-ko’yda, kattalar oldida o’zini qanday tutish lozimligigacha barcha jihatlarni o’z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa, ota-onani hurmatlash ruhida tarbiyalashni shart qilib qo’ygan. Masalan, Rasululloh hadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanglar!», «Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros bera olmaydi», deyilgan.

Oilada farzand tarbiyasida er va xotinning hamkorligidir. Oilada baxtiyor hayot bardavom bo’lishida, o’z mas’uliyatlarini ado etishda eru xotin uzviy hamkordirlar. Ayol tabiatiga ko’ra, oilada o’ziga yuklatilgan xos mas’uliyatni ado etish bilan birga, farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladi. Shuningdek, er ham tabiatidan kelib chiqib, o’ziga yuklatilgan xos mas’uliyat, ya’ni oilasini har jihatdan ta’minlash, muhofaza etish kabi ishlar bilan birga farzandlar tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. Oilani risoladagiday yuritish va farzand tarbiyasida biri ikkinchisining ishini to’ldiradi, kamolga etkazadi. Shundagina eru-xotin o’rtasidagi hamkorlik samarali bo’ladi. Ular ko’zlangan maqsadga erishadilar.

Imom G’azzoliy rohimahulloh bunday deganlar: “Farzand ota-ona huzuridagi omonatdir. Uning pokiza qalbi nafis gavhardir. Agar unga yaxshilik o’rgatilsa, yaxshilik uzra voyaga etadi, dunyo va oxiratda baxtiyor bo’ladi. Agar yomonlik o’rgatilsa yoki beparvolik qilinsa, baxtsiz bo’ladi va halok bo’ladi. Uni asrash esa, unga odob berish, keraksiz narsalardan saqlash va go’zal axloq ila tarbiya qilish bilan bo’ladi”. Demak, farzandlarga go’zal tarbiya berish hammaning vijdoniy burchidir.

Sunday ekan, insоn оngi, haraktеridagi eng yaхshi fazilatlar, dunyoqarashini bеlgilaydigan ma‘naviy mеzоnlar, avvalо, оila bag`rida kurtak yozadi. Shu bоis оta-bоbоlarimiz оilaviy tarbiyaga g`оyat dоlzarb va nоzik masala sifatida alохida e‘tibоr qaratgan. Gap ertangi kunimizning egalari unib, o`sib kеlayotgan yosh avlоd haqida bоrarkan, shuni ta‘kidlash jоizki, mamlakatimiz ahоlisining 40 fоizini 18 yoshgacha bo`lganlar, 64 fоizini esa, 30 yoshgacha bo`lganlar tashkil etadi. Shuningdеk, 2011 yilda mamlakatimizda 627 ming 421 nafar farzand dunyoga kеlgan. 288 ming 39 ta yanga оila tashkil tоpgan. Biz tarbiyalayotgan farzandlar voyaga yetgach bo’lg’usi oilalarni tashkil etadi. Kelajak avlodlarimizning oilalari mustahkamligi va jamiyatimiz rivoji uchun ham farzandlarimizni sharqona va milliy urf-odatlarimiz asosida go’zal tarbiya berishimiz darkor

Milliy tarbiya O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda ushbu maqsadlarga erishishning o’ziga xos muammolari ham bor. Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayoni va “ommaviy madaniyat” ta’sirida hayotimizga kirib kelayotgan illatlar fikrimizga misol bo’la oladi.

Bunday illatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda oila va nikohning muqaddasligi, milliy urf odat, an'analarga mosligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning to‘y va ma'raka marosimlarni tartibga solish va ixcham o‘tkazilishi borasida farmoni, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlari to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Milliy urf-odatlarimizga yot bo‘lgan turli salbiy holatlarga, milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga tayangan holda qarshi kurashish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, aholi o‘rtasida ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga ko‘maklashish borasida targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini o‘tkazish hozirgi kunga kelib davlat siyosatiga aylandi.

Bugungi kunda milliy tarbiya an‘analari oilaviy hayotimizda muhim mezonga aylanganmog’i darkor. Ayniqsa, oilada milliy tarbiyani yoshlarga singdirishda dastlab miliy odobni (avval salomlashish, keyin so’z boshlash, yaxshi va yomonni ajratish, kattalarga hurmat va kichiklarni izzatlash, ustozlarni e‘zozlash kabilarni), milliy g’urur asoslarini (o’zbek millatiga mansubligini anglash, O’zbekiston-Vatanim mening tuyg’usini chuqur anglash), vijdoniylik (andishali bo’lish, rostguylik, yolg’on gapirmaslik, yaxshi va yomon xulqqa o’zining to’g’ri fikrini bildirish) kabilarni tarbiyalash, o’qtirish, ularni axloqiy Nizomga aylantirish milliy tarbiyamizni yanada ravnaq toptiradi va kelajagimizni yuksaltiradi.

 

Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Sh. Mirziyoyevning . Janob Prezident nomli hujjatli filmga bag`ishlangan interv`yusi. 2018 vil.25 iyul.
  2. Abdurauf Fitrat. Oila. – Т.: ―Ma'naviyat//, 1998, 8-B.
  3. Mustafoyev B. Mustahkam oila –jamiyat barqarorligining asosi. Huquq va burch №4 2012 Б.3
  4. Musulmonova.O. Mana`viy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi-T.:O`qituvchi.1996.-192-bet.