SOMONIYLAR SULOLASINING KELIB CHIQISHI

Опубликовано в журнале: Научный журнал «Интернаука» № 9(185)
Рубрика журнала: 5. История и археология
DOI статьи: 10.32743/26870142.2021.9.185.254662
Библиографическое описание
Xudoyqulov J.T., No‘monov N.M., Eshboyev F.S., Nomonov R.M., Tohirjonov Q.O. SOMONIYLAR SULOLASINING KELIB CHIQISHI // Интернаука: электрон. научн. журн. 2021. № 9(185). URL: https://internauka.org/journal/science/internauka/185 (дата обращения: 26.04.2024). DOI:10.32743/26870142.2021.9.185.254662

SOMONIYLAR SULOLASINING KELIB CHIQISHI

 

Xudoyqulov Jahongir Tula o‘g‘li

O‘zbekiston milliy Universiteti, Tarix fakulteti talabasi,

O‘zbekiston, Toshkent

No‘monov No‘monjon Moxirjon o‘g‘li

O‘zbekiston milliy Universiteti, Tarix fakulteti talabasi,

O‘zbekiston, Toshkent

Eshboyev Farruh Saydullayevich

O‘zbekiston milliy Universiteti, Tarix fakulteti talabasi,

O‘zbekiston, Toshkent

Nomonov Rahmatilla Muxtorjon o‘g‘li

O‘zbekiston milliy Universiteti, Tarix fakulteti talabasi,

O‘zbekiston, Toshkent

Tohirjonov Qobiljon Odiljon o‘g‘li

O‘zbekiston milliy Universiteti, Tarix fakulteti talabasi,

O‘zbekiston, Toshkent

 

THE ORIGIN OF THE SOMONI DYNASTY

 

Jakhongir Khudoykulov

Student of the Faculty of History, National University of Uzbekistan,

Uzbekistan, Tashkent

Numonjon Numonov

Student of the Faculty of History, National University of Uzbekistan,

Uzbekistan, Tashkent

Farrukh Eshboev

Student of the Faculty of History, National University of Uzbekistan,

Uzbekistan, Tashkent

Rakhmatilla Numonov

Student of the Faculty of History, National University of Uzbekistan,

Uzbekistan, Tashkent

Kobuljon Tokhirjonov

Student of the Faculty of History, National University of Uzbekistan,

Uzbekistan, Tashkent

 

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O‘rta Osiyoda IX – X asrlarda hukm surgan Somoniylar sulolasining kelib chiqishi va ularning huquqiy maqomi haqida olib borilgan yangi ilmiy tadqiqotlar natijalari haqida ma’lumotlar berildi.

ABSTRACT

This article provides information on the origins of the Samanid dynasty that ruled Central Asia in the IX-X centuries and the results of new research on their legal status.

 

Kalit so‘zlar: Balx, Toxariston, Yabg‘ular sulolasi, Ismoil Somoniy, Xuroson va Movarounnahr, “Tarixiy Tojikiston”, “Somoniylar davlati”,  Buxoro, Somonxudot.

Keywords: Balkh, Tokharistan, Yabgu dynasty, Ismail Somoni, Khorasan and Movarounnahr, “Historical Tajikistan”, “Samanid state”, Bukhara, Somonkhudot.

 

KIRISH (Introduction)

Yozma manbalarda Somoniylar sulolasining turli vakillari, ular hukm surgan davrdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvol haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. Lekin Somoniylar sulolasining kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar juda ham kam va bir-biriga ziddir. Shuning uchun bu masala shu paytgacha hali aniq yechimini topmagan. Somoniylarning asl kelib chiqishi noma’lum bo‘lsa ham, ko‘pchilik mutaxassislar orasida ularning kelib chiqishi fors va Sosoniylar sulolasi bilan bog‘liq degan xato fikr hukm surib kelmoqda. Bu esa boshqa mutaxassis bo‘lmagan olimlarning tadqiqotlarida va deyarli barcha ensiklopedik nashrlarda o‘z ifodasini topgan. Tojikistonda esa Somoniylarning hukmronlik davri “tojik davlatchiligi” deb ta’riflanadi va Tojikiston Respublikasining davlat ramzlarida ham aks etdirilgan. Dushanbeda Ismoil Somoniyning bahaybat haykali o‘rnatilgan, pul birligi “somoniy” deb ataladi va h.k. “Tarixiy Tojikiston” deganda ham tojik olimlari Somoniylar davlatining hududlarini nazarda tutadilar va bu Tojikiston Respublikasining davlat ramzlarida ham o‘z ifodasini topgan. 2000 yilda muomalaga kiritilgan Tojikiston milliy pul birligi “somoniy” deb nomlangan. Somoniylaning nomini abadiylashtirish davlat miqyosida olib boriladi. Ismoil Somoniy nomi ko‘chalarga, aholi turar joylariga, geografik mavzelarga berildi. Ismoil Somoniy yodgorliklari va boshqalar Dushanbeda Ismoil Somoniyning bahaybat haykali, shuningdek, Ko’lob, Isfara, Tursunzoda va Qo‘rg‘on-Tepa shaharlarida ham uning haykallari o‘rnatildi, va h.k. Bularga qarab, tarixiy mazkur shaxsning yangi qiyofasining vujudga kelgani va mustahkamlanganini ko‘rish mumkin [Bolashenkova 2017: 309]. “Tarixiy Tojikiston” deganda ham tojik olimlari Somoniylar davlatining hududlarini nazarda tutadilar. Buxoro va Samarqand shaharlariga bo‘lgan da’volar ham shunga asoslangan. E.Rahmon o‘zining barcha nutqlarida albatta Somoniylarni eslab o‘tadi va ularning “tojik xalqiga” qilgan “xizmatlari” ni aytib o‘tadi. Uning ilmiy asoslanmagan fikriga ko‘ra, Somoniylar xizmatlaridani biri shundan iborat ediki, arablarning kirib kelishi va islom dinining tarqalishiga qaramasdan ularning hukmronligi davrida “tojik tili” (ya‘ni fors va doriy) davlat tili sifatida saqlanib qoldi...” [Bolashenkova 2017: 310]. Bu so‘zlardan kelib chiqadiki, “tojik tili”, ya‘ni fors tili Markaziy Osiyoda arablar istilosiga qadar ham ishlatilgan, bu ham u yoqda tursin, hatto davlat tili bo‘lgan.

ASOSIY QISM (Main Part)

Har bir tarixchi va sharqshunosga ma’lumki, Markaziy Osiyoda arablar bosqiniga qadar sug‘d, boxtar, xorazm va turk tillari ishlatilgan. Yangi fors tili arablar bosqinidan keyin IX – X asrlarda shakllana boshlagan. Yangi fors tilidagi she’riyat dastlab Safforiylar saroyida qo‘llab-quvvatlandi, ulardan keyin esa fors tilida ijod qiluvchi shoirlar Somoniylar saroyida boshpana topdilar. Somoniylarning kelib chiqishi turk bo‘lsa ham ular yangi fors tiliga homiylik qildilar. Ammo Somoniylar davrida ham yangi fors tili faqat saroy ichida tor doirada ishlatilgan. Davlat tili sifatida arab tili ishlatishda davom etgan. Somoniylar saroyida shoirlarning ko‘pchiligi arab tilida ijod qilganlar, faqat bir nechta shoir ikki tilda – arab va yangi fors tillarida she’r yozganlar [Kamoliddin 2011: 545-551; Kamoliddin 2018: 9-20]. Somoniylarga tobe bo‘lgan aholining aksariyatini turklar va ular bilan qo‘shilib ketgan sug‘dlar tashkil etgan, ular esa turk va sug‘d tillarida so‘zlashishda davom etganlar [Kamoliddin 2005: 231-241]. Yangi fors tili Buxoro va Samarqand aholisi orasida ham ishlatilgan, chunki arab va fors bosqinchilari mahalli aholi, ya’ni sug‘dlar va turklarni shahardan haydab chuqarib, ularning uylarini egallagan edilar. Somoniylarning qilgan yana bir xizmati, E.Rahmon fikriga ko‘ra, shundan iboratki, “ular oriylar yashagan keng hududlarni, ya’ni Movarounnahr va Xuroson o‘z hukmronligi ostida birlashtirishga muvaffaq bo‘ldilar va u yerlarda markazlashgan hokimiyat o‘rnatdilar [Bolashenkova 2017: 311-312]. Birinchidan, o‘sha davrda Movarounnahr va Xuroson aholisi juda turli xil edi va uning katta qismini turklar tashkil etgan edi, chunki arablar va forslar bosqiniga qadar Movarounnahr va Toxoriston Turk xonligining tarkibiga kirgan. Xurosonga ham turklar xiyoniylar va eftaliylar davri (IV-V asrlarda) dan boshlab ko‘plab kirib borganlar [Kamoliddin 2004: 299-311; 2005: 231-241; 2006: 30 - 36]. Ikkinchidan, hech qanday “Somoniylar davlati” yo‘q edi. Rasman ular Abbosiylar xalifalarining voliylari bo‘lib, ularga itoat qilganlar va ularning barcha buyruqlarini so‘zsiz bajarganlar. Somoniylarning mahalliy ma’muriyati Abbosiylarning boshqaruv tizimi bilan bir xil edi. Ismoil Somoniy hech qachon mustaqillikka intilmagan, aksincha, u bir necha marta Bag‘doddagi boshliqlaridan xalifaning shaxsiy soqchilari qatorida xizmat qilishni so‘ragan. Ammo har safar uning iltimosi rad etilib, u amir unvonli oddiy voliy lavozimi bilan qanoatlanishga majbur bo‘lgan [Kamoliddin 2012: 219 - 265]. Albatta, E.Rahmon, bu davr bo‘yicha mutaxassis emas, hatto tarixchi ham emas, Somoniylar tarixi bo‘yicha chet ellik olimlarining yangi tadqiqotlarni bilmaydi. Lekin Tojikistonlik olimlar biladilar, ammo o‘zlarini bilmaslikka olib, o‘z xalqini va prezidentini aldashda davom etmoqdalar. Chunki ularda bu yangi tadqiqotlarga javob berishga yaraydigan hech narsa yo‘q, bu yangi tadqiqotlar esa Tojikistonning yolg‘onga asoslangan milliy davlatchilik konsepsiyasini butunlay bekor qiladi. Ammo haqiqatni faqat ma’lum vaqtgacha yashirish mumkin, shunday vaqt keladiki, haqiqat baribir yuzaga chiqadi va g‘alaba qozonadi. E.Rahmon Somoniy davlatini “tojiklarning birinchi milliy davlati” deb ataydi, ammo tojiklar davlatchiligining boshlanishi afsonaviy Kayoniylar va Peshdodiydlar davriga to‘g‘ri kelishiga ishora qiladi. Shu bilan birga u Tojikiston davlatchiligining tarixiga nafaqat Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar sulolalarining hukmronligi davrini, balki Kushonlar va Eftaliylarni ham kiritadi [Bolashenkova 2017: 312]. Demak, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo tarixida “tojiklar” bo‘lgan, ularning tarkibiga esa barcha eroniy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar kirgan. Bu haqiqiy paneroniy milliy shovinizmdan boshqa narsa emas, shunga o‘xshash qarashlarni qirg‘izlarning “milliy mafkurasi” kuzatish mumkin, faqat ularda panturkchilikka asoslangan millatchilik da’volari ilgari surilgan. Balki bu sun’iy ravishda tuzilgan mayda “millat” larga xos jihat bo‘lsa kerak. Ular orasidagi farq shundan iboratki, qirg‘izlar yaqin o‘tmishda ham ko‘chmanchi qabila hisoblangan, “tojiklar” esa – bu Markaziy Osiyoda turkiy tilli aholi orasida yashovchi turli eroniy tillarda so‘zlashuvchi va kelib chiqishi har xil bo‘lgan guruhlardan “qizil ruslar” tomonidan sun’iy ravishda tuzilgan odamlar to‘plamidir. Bundan keyin E.Rahmon “Somoniylarning xalqaro aloqalari va tashqi siyosati” haqida so‘z yuritadi, lekin faqat savdo aloqalari haqida misol keltiradi [Bolashenkova 2017: 312]. Shu o ‘rinda aytish kerakki, Somoniylar chet ellarning hukmdorlari bilan hech qanday diplomatik aloqalarga ega bo‘lmagan. Bunday huquq faqat xalifalarga tegishli edi. Manbalarda Buxoro shahriga Somoniylar huzuriga faqat bir marta elchilar kelganligi haqida ma’lumot bor. Bu elchilar 327/938-39 yilda amir Nasr ibn Ahmad huzuriga “al-Sin”, ya’ni Sharqiy Turkistondan kelgan edilar. Elchilar Nasr ibn Ahmadga al-Sin hukmdorining maktubini keltirgan edilar. Maktubda u amirdan o‘tgan 27 yil uchun tovon to‘lashni va al-Sin hukmdoriga bo‘ysunganini rasman e’tirof etishni talab qilgan edi. Aks holda u Somoniylarga qarshi qo‘shin yuborishini, keyin esa Iroqqa va butun xalifalikka qarshi yurish qilishini aytib do‘q qilgan edi. Elchilar Nasr ibn Ahmad tomonidan qabul qilindi. Amir ularga quyidagi mazmundagi javob maktubini berdi: “Ey, bolakay, bilginki, men seni va senga o‘xshashlarni inkor qilganimning sababi qo‘rquvdan, zaifligimdan yoki qo‘shinlarim va qurol-yarog‘larim yetishmaganidan emas. Menga oliy hukmdorim (ya’ni xalifa) harakat qilishimga buyruq bermaganligi sababli men o‘zimni biror harakat qilishdan tiyib keldim. Mening dinimda buyruqsiz biror harakatlarni qilish ruxsat etilmaydi... Shundan keyin al-Sin hukmdori Islomni qabul qildi”. Bu parchada, aftidan, Sharqiy Turkistondagi qarluqlarning hukmdori haqida so‘z yuritilgan. Mazkur elchilar bilan Somoniylar tomonidan Abu Dulaf ismli arab Sharqiy Turkistonga boqdi. Ko‘p o‘tmay qarluq hukmdori islom dinini qabul qilib, Somoniylar bilan qarindoshlik aloqalari o‘rnatdi. Manbalarda Somoniylarning yaqin yoki uzoq mamlakatlarning hukmdorlari bilan aloqalari haqida bundan boshqa ma’lumot yo’q.

XULOSA (CONCLUSION)

XIV – XV asrlarda Samarqand Amir Temur va Temuriylarning poytaxti bo‘lganda, Buxoro va Samarqandda katta qurilish ishlari olib borildi, shunda bu yerga Erondan minglab me’morlar, hunarmandlar va quruvchilar taklif etildi, chunki Eron Temuriylarga qarashli yer edi. XVI-XVIII asrlarda, Shayboniylar Safaviylar bilan uzoq vaqt olib borgan urushlar davomida asir qilib olingan barcha eronliklar qulga aylantirilib, Buxoro va Samarqandda qoldirilgan. 1810-yilda Marvdan Turkistonga taxminan 40 ming eroniy oilalari ko‘chirilgan va asosan Samarqand va Buxoro atroflariga joylashtirilgan edi. Ularning bir qismi turk, lekin asosiy qismi fors edi. XIX asr o‘rtalarida Buxoro aholisining chorak qismini o‘zbeklar, to‘rtdan uch qismi esa fors qullari tashkil qilar edi. Erondan odamlarni ko‘chishlar 1917-yildagi rus inqilobiga qadar davom etgan. Shi’a mazhabiga e’tiqod qiluvchi aholining ko‘pligi sababli 1910-yilda Buxoro xonligida sunniylar va shi’alar o‘rtasida katta to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Buxoro va Samarqand shaharlarining aholisi ana shunday shakllangan, lekin ulardagi hokimiyat Turk xoqonligi davridan boshlab rus istilosiga qadar har doim turklarning qo‘lida bo‘lgan.

 

Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq, 2000.
  2. Mavlonov O‘. Markaziy Osiyoning qadimgi yo‘llari. T., 2008.
  3. Murtazaeva R.H. va b. O‘zbekiston tarixi (Ma'ruzalar matni). T.: 2000.